DataLife Engine > ßíãèëèêëàð, 2015 éèë-"Êåêçàëàðíè ýúçîçëàø éèëè" > Yolg‘iz pensionerlar uchun imtiyozli dori vositalari ro‘yxati kengaytirildi

Yolg‘iz pensionerlar uchun imtiyozli dori vositalari ro‘yxati kengaytirildi

Yolg‘iz pensionerlar uchun imtiyozli dori vositalari ro‘yxati kengaytirildiAmbulatoriyada davolanishda imtiyozli ta’minlash uchun mo‘ljallangan dori vositalarining ro‘yxatiga sakkizta yangi preparat qo‘shildi.
Dori vositalari faqatgina o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar, 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek 1941—1945-yillardagi mehnat fronti qatnashchilarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Ro‘yxatga “Pentoeritritil tetranitrat”, “Spirinolakton”, “Piratsetam”, “Pentoksifillin”, “Emoksipin”, “Ambroksol”, “Glimeperid”, “Finasterid” nomli dori vositalari kiritildi. O‘zgartishlar “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi doirasida Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklarining qo‘shma qarori bilan qabul qilindi.



Âåðíóòüñÿ íàçàä