DataLife Engine > ßíăčëčęëŕđ, 2015 éčë-"Ęĺęçŕëŕđíč ýúçîçëŕř éčëč" > O‘zbekistonda joriy yilning birinchi choragida 108 million so‘mga 178 nafar yolg‘iz keksaning uyi ta’mirlandi

O‘zbekistonda joriy yilning birinchi choragida 108 million so‘mga 178 nafar yolg‘iz keksaning uyi ta’mirlandi

O‘zbekistonda joriy yilning birinchi choragida 108 million so‘mga 178 nafar yolg‘iz keksaning uyi ta’mirlandi“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida joriy yilning birinchi choragida barcha manbalar hisobidan qariyb 593 milliard so‘m yo‘naltirildi.
Jumladan, 178 nafar yolg‘iz keksaning uy-joyini ta’mirlash uchun 108,8 million so‘m sarflandi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida yashayotgan keksa yoshli kishilar va nogironlarga umumiy qiymati 57,8 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzal, dori-darmonlar ajratildi.
Sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalari va keksa yoshdagi kishilarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida “Turon” (Toshkent shahri), “Havotog‘” (Jizzax viloyati), “Chimyon” (Farg‘ona viloyati), “Sitorai Mohi Xosa” (Buxoro viloyati), “Kosonsoy” (Namangan viloyati) sanatoriylari, “Ahmad al-Farg‘oniy” (Farg‘ona viloyati) dam olish uyida umumiy qiymati 5,1 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.
Joriy yil boshidan buyon 63 ming nafardan ziyod urush va mehnat fronti faxriysi terapiya, nevrologiya, kardiologiya, urologiya, xirurgiya, oftalmologiya, otorinolaringologiya kabi yetti muhim yo‘nalishda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.



Âĺđíóňüń˙ íŕçŕä